Янгиликлар

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar tomonlaridan Kengashga qilingan murojaat yuzasidan fuqarolarni qabul qilindi.
🔹Qabul davomida fuqarolarning uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlari hamda ushbu sohada uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
🔹Muloqot chog‘ida har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi.
🔹Ta’kidlanganidek, deputatlar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholini qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2