Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, sayyor qabullar hamda uyma-uy o‘rganishlar davomida kelib tushgan murojaatlar Kengash kotibiyatiga taqdim etildi.
Murojaatlar tahlil qilinib, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Deputatlik so‘rovlarida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda natijalari yuzasidan asoslantirilgan yozma javob taqdim etish so‘ralgan.
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan har bir masalaning o‘z vaqtida va ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati hamda monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.