Янгиликлар

FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA

 FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda tuman
Kengashi deputati A.Dadajonov tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi.


Qabulda “MADAD” nodavlat notijorat tashkilotining Quva tuman vakili X.Qodirov,
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar
maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov ishtirok etdi.


Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlikni
rivojlantirish, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, yer va kadastr,
uy-joy hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
 

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy
tushuntirish va tavsiyalar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan
masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab
etadigan murojaatlar esa mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning
ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 2