Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib soʻzlamaslikning iloji yoʻq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari”ga oid o‘tkazilgan videoselektordagi vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 15-Yangiariq saylov okrugidan saylangan deputat G.Turdiyeva hududdagi mahalla fuqarolari hamda tumanidagi umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilariga Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektordagi nutqlarini tushuntirish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borildi.