✅ O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i J.Bekturdiev, O‘zbekiston Xalq Demokratik
Partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi bo‘lim boshlig‘i N.Kishanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zosi K.Xodjamuratov, Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari N.Abaevlar Beruniy tumani “Shobboz” ovul fuqarolar yig‘inidagi “mahalla yettiligi” va hudud aholisi bilan muloqot qildi. Muloqotda “mahalla yettiligi”ning faoliyati hamda hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.