Xalq deputatlari Qizriq tuman kengashi deputatlari Alimov Chori, Kenjayev Abduhamid Tursunovich, Alimov Ne’mat Eshqobilovich, Xolmo‘minov Abduvali Abdikarimovich va Bo‘ronov Yangiboy Jo‘rayevichlar birgalikda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 2, 4, 5, 7, 21, 25, 36, 41, 42, 44-maktablarda ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘rganish davomida Prezidentimiz raisligida “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalasi”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan muhim vazifalar yuzasidan maktablar rahbariyatiga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdilar. Bu kabi targ'ibot ishlari mahallalarda va maktablarda davom etmoqda