Ta’lim sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya
Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi deputatlari B.Abralov Mitan mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputatlar maktabdagi o‘quv jarayonlari, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi hamda darslarning sifati bilan qiziqishdi. Maktab pedagogik jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, bitiruvchi yoshlarni kasb tanlash, oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.