Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 23 июндаги “Ўзбекистон Республикасида маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органлари фаолиятини 2030 йилга қадар ривожлантириш” концепцияси тасдиқлаш тўғрисидаги ПФ-98 Фармони бўйича
янв.21
2025-yil 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari hamda mazmun-mohiyati to'g'risida
янв.21
2025 йил 10-11 июнь кунлари бўлиб ўтган IV-Тошкент халқаро инвестиция форуми ҳамда хорижий инвесторлар кенгаши мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг нутқларида илгари сурилган энг муҳим ташаббус ва иқтисодий кўрсаткичлар бўйича
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Болгария Республикаси Президенти Румен Радевнинг расмий делегациялар иштирокидаги музокаралари бўйича
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида 26 май куни маҳаллий саноатни ривожлантиришга қаратилган устувор вазифалар юзасидан видеоселектори бўйича
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may kungi “«Prezident iqtidorli farzandlari» tashabbusini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-sonli Farmoni
янв.21
Халқ депуталари туман Кенгаши котибияти мудимри Аманов Бахтиёр Норматовичнинг Ўзбекистон ва Венгрия ўртасида кенгайтирилган стратегик шериклик муносабатлари ўрнатилиши тўғрисидаги МУНОСАБАТИ
янв.21
Baxmal tumanida 80-maktabida investitsiya dasturi asosida, 96 o'rinli qo'shimcha bino va 12×24 sport zal qurilishi to'g'risida
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 15 may kuni maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi to'g'risida
Uchquduq tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy yilning 21-may kuni hududdan saylangan viloyat kengashi deputati Sh.Narbadalov va tuman kengashi deputati U.Xudoyqulovlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchquduq tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy yilning 21-may kuni hududdan saylangan viloyat kengashi deputati Sh.Narbadalov va tuman kengashi deputati U.Xudoyqulovlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Sh.Narbadalov va U.Xudoyqulovlarning o‘rganishlari natijasida 

7-DMTTda ish hujjatlarning yuritilish ahvoli yaxshi tashkil etilganligi guvohi bo‘lindi. Tashkilot ish rejasi tuzilgan, pedagogika kengashi bor, kuzatuv kengashi bor, umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilgan, yo‘riqnomalarning ahvoli yaxshi, xodimlarning ish vaqti hisobini yuritish tabeli joyida yuritilgan.

Tashkilotning musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, hamshira va tarbiyachilar ish hujjatlarining ahvoli yaxshi yuritilgan. Pedagoglar uchun maslahatlar berildi. Mahorat maktablari xodimlar bilan suhbat shaklida bilim ko‘nikmalari o‘rganildi. 

Tashkilot mudirasining uch yillik istiqbol dasturi ijrosi o‘rganildi. Guruh faoliyatini o‘rganishi bo‘yicha mashg‘ulot tahlili olib borilgan.

Tarifikatsiya va shtat jadvali hamda moddiy rag‘batlantirish asoslovchi hujjatlari yuritib borilgan. Korrupsiya va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida amaliy ishlar olib borilgan. 

Ta’lim sifati ahvoli yaxshi, guruhda o‘quv didaktik materiallar tashkil etilgan, bolalar adabiyoti bilan ta’minlangan va ulardan ta`lim jarayolaridan foydalanish ahvoli yaxshi tashkil etilgan.

Tarbiyachilarning ish hujjatlarining yuritilishi ish jurnali yuritilgan, tabel-filtr, bolaning rivojlanish xaritasi va bolalar portfoliosi joyida olib borilgan.

Hamshira tomonidan yuritiladigan 19 turdagi jurnallarning yuritilishi hamda taomnomalari to‘g‘ri yuritilgan.

Omborxonaning sanitariya qoidalariga javob beradi, oshxonaning umumiy ahvoli yaxshi, мahsulotlarning saqlanish muddatiga va qoidalariga rioya qilingan.

Tashkilotda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari muntazam ravishda olib borilgan.

Tashkilotdagi sport va tadbirlar zallari yo‘qligiga qaramay, muntazam ravishda musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tashkillashtirilayotganligi o‘rganildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar o‘yin maydonchalarining holati o‘rganildi. 

Tashkilotda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

7-DMTTni o‘rganish bo‘yicha savollarga javoblar:

1.MTTda bolalar EMIS programmasi bo‘yicha qatnovi – 22 nafar

2.Guruhlar zamonaviy mebellar bilan jihozlangan.

3.2025-yil 21-may sanasida bolalar qatnovi – 20 nafar 

4.Yotoqxonalarning ahvoli normal darajada

5.Bolalar ovqatlanishi mavsumiy taomnomaga asosan – talab darajasida

6.Taomnoma (menyu) mavjud.

7.Bolalar ovqatlanish sifati normal darajada tashkillashtirilgan.

8.Ta’lim tashkilotining muammosi: oshxona ta’mirtalabligi. 

9.Xonalarning ta’miri – normal.

10.Tom qismining ahvoli – muammosiz ya’ni yaxshi.

11.Bolalar maydonchasida - qum bilan to‘ldirilgan ayvoncha ya’ni (pesochnitsa) yo‘q.

12.Obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish ishlari – olib borilgan.

Beda va bug‘doy – yashil makon borasida ko‘rk berib turibdi.

13.Jami tarbiyachilar soni – 4 nafar 

a) 2 nafari – tugallanmagan oliy, to‘rtala tarbiyachilar – attestatsiyadan o‘tmagan)

b) jami yordamchi tarbiyachilar soni – 4 nafarni tashkil etadi.

Slide 1 of 19