Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining VII-chaqiriq to‘rtinchi sessiyasi joriy yil 26 dekabr kuni bo'lib o'tdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
❇️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tuman mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
❇️Sektor rahbarlarining “Temir daftar”, “Ayollar dafatari” va “Yoshlar dafatari” asosida amalga oshirilgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
❇️ Zafarobod tumanining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
❇️ tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 2025-yilda bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va “Ayollar daftari” dan chiqarish to‘g‘risida;
❇️ tuman mahalliy byudjetining yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.