2024 yil 24 dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Doimiy komissiya yig'lishda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.
1. Zafarobod tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
2. tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha
2025-yilda bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
3. tuman mahalliy budjetining yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.