Amudaryo tumani Qangli ovul fuqarolar yig‘inida mahalla raisi saylovi bo‘lib o‘tdi.
Saylov jarayonida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 24-Qangli saylov okrugidan deputat Otabayeva Dilnoza Shamurod Qizi faol ishtirok etdi.
Fuqarolar ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilgan holda, mahallaning keyingi 5 yillik taraqqiyotiga munosib rahbarni saylashdi. Deputat saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylov jarayonining qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilganini bevosita kuzatdi.