Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman kengashi deputati Nazokat Dushayeva o'z saylangan xududidagi Turkiston MFY da joylashgan 12-Maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotiga borib kelajagimiz bo'lgan yosh avlodga berilayotgan e'tibor bilan yaqindan tanishdi. Muassasada tarbiyalanuvchi bolalarga yaratilgan shart- sharoitlar, berilayotgan oziq-ovqatlar va olib borilayotgan o'quv mashg'ulotlari, muassasa xududining tozaligi va obodonlashtirish ishlani ko'zdan kechirdi.