Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 23 июндаги “Ўзбекистон Республикасида маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органлари фаолиятини 2030 йилга қадар ривожлантириш” концепцияси тасдиқлаш тўғрисидаги ПФ-98 Фармони бўйича
янв.21
2025-yil 16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari hamda mazmun-mohiyati to'g'risida
янв.21
2025 йил 10-11 июнь кунлари бўлиб ўтган IV-Тошкент халқаро инвестиция форуми ҳамда хорижий инвесторлар кенгаши мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг нутқларида илгари сурилган энг муҳим ташаббус ва иқтисодий кўрсаткичлар бўйича
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Болгария Республикаси Президенти Румен Радевнинг расмий делегациялар иштирокидаги музокаралари бўйича
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида 26 май куни маҳаллий саноатни ривожлантиришга қаратилган устувор вазифалар юзасидан видеоселектори бўйича
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may kungi “«Prezident iqtidorli farzandlari» tashabbusini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-sonli Farmoni
янв.21
Халқ депуталари туман Кенгаши котибияти мудимри Аманов Бахтиёр Норматовичнинг Ўзбекистон ва Венгрия ўртасида кенгайтирилган стратегик шериклик муносабатлари ўрнатилиши тўғрисидаги МУНОСАБАТИ
янв.21
Baxmal tumanida 80-maktabida investitsiya dasturi asosida, 96 o'rinli qo'shimcha bino va 12×24 sport zal qurilishi to'g'risida
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yil 15 may kuni maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi to'g'risida
Bo‘ston mahallasida deputat bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati M. Raximov Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat saylovchilari bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Muloqot chog‘ida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla hayotidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat o‘zining Xalq deputatlari tuman Kengashidagi faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berdi. Qabul qilingan qarorlar, ilgari surilgan tashabbuslar, amalga oshirilgan nazorat tadbirlari va deputatlik vakolatlari doirasida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Uchrashuv davomida saylov jarayonining ahamiyati, fuqarolarning siyosiy faolligi, saylovda ishtirok etishning har bir inson hayotidagi roli haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, saylov qonunchiligi va deputatlik instituti haqida ham aholi xabardor qilindi.

📍 Uchrashuv ochiq, mazmunli va amaliy takliflarga boy tarzda o‘tdi.

Slide 1 of 5