Mamlakatimizda hozirgi kunda aholi bandligini ta’minlash, mahallalarda ehtiyojmand aholi qatlami
bilan manzilli ishlashni tashkil etish, ularni muammolarini hal etish masalasi birinchi o‘rinda turibdi. Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining deputatlari ham bu borada faollik ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, 7-Quruvchi saylov okrugidan saylangan deputat M.Ochilova tomonidan Quruvchi MFY da yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar fuqaroning muammosi joyida bartaraf etilib, ularning bandligi ta’minlandi.