Ayni kunlarda xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan tibbiyot yo‘nalishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarining sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha shahar miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda.Jumladan, 20-Muruntov saylov okrugidan saylangan deputat E.Tursunovtomonidan Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Muruntov oilaviy shifokorlik punkiti faoliyati o‘rganildi. Ushbu tibbiyot muassasasida sog‘liqni saqlash tizimining rivojlantirishiga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, fuqarolarga ko‘rsatiliyotgan tibbiy yordamning sifati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.