Янгиликлар

“Biz sog'lom turmush tarafdorimiz!” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan TTJlarda yashovchi talaba-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish va qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga qaratilgan “Biz sog'lom turmush tarafdorimiz!” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida Andijon shahridagi 2-sonli tug'ruq kompleksi bosh vrachi, oliy toifali akusher-ginekolog Qosimova Soxibaxon Abduvosilovna, universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raisi Umidaxon Ahmedova, Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi o'rinbosari, xalq deputatlari Viloyat kengashi deputati Yekaterina Smesova, pedagogika, filologiya, jismoniy madaniyat, tabiiy fanlar fakul`teti dekan maslahatchilari, t`yutorlar hamda 2-sonli TTJda yashovchi talaba qizlar ishtirok etdi.

Talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis shifokor tomonidan zaruriy maslahat va ko'rsatmalar berildi.

Davra suhbati davomida viloyat kengashi deputati Yekaterina Smesova so'z olib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga oid mulohazalari bilan o'rtoqlashdi, talaba-qizlarni «befarq bo'lmaslikka», referendumda fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chaqirdi.

Slide 1 of 3