Янгиликлар

MUROJAATLAR JOYIDA XAL ETILMOQDA

MUROJAATLAR JOYIDA XAL ETILMOQDA

Aholi honadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash bo'yicha davlat dasturi asosida 2022-yil Jalaquduq tumanida 5 ta mahalla tabiiy gaz bilan ta’minlanishi ko'zda tutilgan bo'lib hozirda loyihaga kiritilgan barcha mahallalarda ish yakunlangan, ammo loyihalaga kiritilgan Xasanqovoq mahallasida gaz ta'minotida muammolar aniqlandi.

Mahalla faollari xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Zarduna Ismoilovaga ushbu masalada amaliy yordam ko'rsatishini so'rab murojaat qildi.

Deputat viloyat gaz ta’minoti unitar korxonasi bilan hamkorlikda aholi murojaatini joyida o'rganib bartaraf etish bo'yicha mahalla faollari bilan uchrashdi. 

Murojaatni bartaraf etish bo'yicha joyida ishchi guruh tuzilib gaz quvurlari qayta nazoratga olindi.

Slide 1 of 4