Qo'rg'ontepa tumani Qorasuv shahar madaniyat va istiroxat bog'ida "Mening Konstitutsiyam" mavzusida kontsertlashtirilgan tadbir o'tkazildi.
Xabaringiz bor Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo'yicha joriy yilning 30-aprel` kuni o'tkaziladigan umumxalq referendumining targ'ibot tadbirlari Qo'rg'ontepa tumanida faol tarzda bo'lib o'tmoqda. Navbatdagi tadbir Bugun Qorasuv shahrida bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati T.Muratova hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo'rg'ontepa tuman bo'linmasi rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Gulbahor Qosimovalar ishtirok etib,barcha tadbir ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonun loyixasi mazmun mohiyatlari haqida tushuntirib o'tdilar.
O'zgartirishlar kiritilayotgan Konstitutsiyamiz - xalqimiz hohish-istagini ifodalovchi yangilanishlarga boyligi, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida amaldagi Qomusimizning moddalari 128 tadan - 155 taga ko'payib borayotgani, "Davlat-jamiyat-inson" tamoyili "Inson-jamiyat-davlat" deb o'zgartirilishi, eng muhimi, ularning hayotiy ahamiyati tadbir qatnashchilariga oddiy tilda tushuntirib o'tildi.
Shuningdek, yig'ilganlar uchun bayramona dasturlar havola etildi.
Tadbirda tuman madaniyat uyi xonandalari tomonidan sho'x kuy qo'shiqlar ijro etilib barchaga kayfiyat ulashdilar.