Янгиликлар

Yangilanayotgan Konstitutsiya – bizning kelajagimiz!

Yangilanayotgan Konstitutsiya – bizning kelajagimiz!

Bo'ston tumanida iqtisodiy tashkilotlar, qurilish majmuasi tashkilotlari, maxalla raislari, oila va xotin qizlar faollari, xalq ta'limi bo'limi ishtirokida faollarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyati va referendumda fuqarolarning ishtirok etish tartiblari, uning ahamiyati yuzasidan o'quv seminari tashkil etildi.

Seminarda ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati F.Ashmatov hamda O'z MTDP Andijon viloyati Kengash raisi X.Omanov so'z olib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartish va qo'shimchalar haqida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berdilar.

Tadbir qatnashchilari yangilanayotgan Konstitutsiya hamda referendum yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Slide 1 of 4