Umumxalq muhokamasi asosida qabul qilinishi ko'zda tutilgan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish, referendum ishtirokchilari salohiyatini oshirish va ularni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirishlar bilan tanishtirish maqsadida Andijon tumanidagi «Qum ko'cha” MFYda targ'ibot-tashviqot o'tkazildi.
Maxallabay tashviqotda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova tuman, shaxar kengashi deputatlari Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, bugungi kunda bevosita xalq ovoziga aylanib borayotgan mahallaning demokratik jamiyatimizdagi o'rni va obro'-e'tibori, mahalla instituti uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, davlatimiz rahbarining aynan shu tizimga g'amxurligi borasidagi o'z fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Konstitutsiyaviy Qonun loyihasidan o'rin olgan va aholini ijtimoiy muhofaza qilishga yo'naltirilgan bir qator bob, bo'lim va moddalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashinilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga asoslantirilgan javoblar
berildi. 30 aprel` kuni mahalla ahli referendumda hamjihatlik bilan ovoz berishga chaqirildi.
Shuningdek Ravvot ko'chasida yashovchi Lolaxon Qamboravaning sog'ligi bo'uyicha qilgan murojaati joyida xal etildi hamda deputat o'z nazoratiga oldi.
Tashviqot bilan bir qatorda xududda joriy yilning 30 aprel` kunida bo'lib o'tadigan Referendum uchun tayyorlangan 23-umumta'lim maktabidagi saylov uchastkasi xam ko'zdan kechirildi.