Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit
muhofazasida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri — daraxt ekish hamda parvarishlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda.
Oltinko‘l tumanida ham "YAshil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Tumanda fermer xo‘jaligi dala chetlariga, yo‘l bo‘ylari, tashkilot, korxona va muassasalar, xonadonlardagi bo‘sh er maydonlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.