Янгиликлар

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 mart kungi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022 yil 31 mart kungi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Ulug‘nor
tumanida «Ayollar daftari» 4-bosqich ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatini
shakllantirish, ushbu xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqib, ijrosini ta’minlash, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali
xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputatlari tomonidan tegishli mas’ullar
ishtirokida muhokama etildi. Muhokama davomida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan barcha tavsiyalar berilib, “Ayollar
daftari” 4-bosqich ro‘yxatini shakllantirishda adolatlilik, shaffoflik tamoyillari
asosida ish tashkil etish, ushbu masala muntazam deputatlar nazorati ekanligi yuzasidan
tushunchalar berildi.

Slide 1 of 7