Янгиликлар

Asaka tumani Mirzaobod MFY xonadonlarni oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.

 Joriy yilning 4 fevral kunidan boshlab Asaka tumani Mirzaobod MFYda xatlov ishlari boshlanib, MFYda jami 1099 ta xonadonda 5691 nafar aholi istiqomat qilmoqda.

Shu kunga qadar 386 ta xonadon oʻrganilib, 60 ta muammo aniqlandi, aniqlangan muammolarning 2 tasi uy-joy taʼmiri, 3 tasi ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj, 35 tasi gaz ballon (suyultirilgan gaz), 2 tasi elektr energiya, 3 tasi sogʻliqni saqlash, 3 tasi bank krediti, 2 tasi oilada notinch va
nizoli holatlar, 1 tasi yoʻl muammolari (shagʻallashtirish), 9 tasi boshqa muammoqlardir.
Mavjud muammolarning 57 tasi yoki 95 foizi hal etildi. Misol uchun, Oʻrta Mirzaobod koʻchasida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqoro 1-gurux nogironi Roʻziyeva Manzuraxon va Abdurazaqova Manzuraxonlarga koʻmir maxsulotlari xonadoniga yetkazib berildi.
 

Xomiylik asosida 2 nafar fuqoro Yuqori Mirzaobod koʻchasida yashovchi Djabborova Omadxon va Usta Qobil koʻchasida yashovchi Xojiyev Iminjonlarga yashash uyini tamirlab uyiga darvoza oʻrnatib berimldi.

Fuqorolarni koʻplab eʼtirozlar sababli ishchi gurux tomonodan 1,5 km Usta Kobil va Oʻrta Mirzaobod koʻchalarini shagʻallashtirilib fuqorolar murojaatlari qanoatlantirildi.

Usta Qobil va Quyi Mirzaobod koʻchasida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqoro Boʻronova Dilbarxon va Xamrayeva Maxsudaxonlarga oziq-ovqat maxsulotlari va gaz balon bilan taʼminlandi.

Abdumutalib xoji koʻchasida yashovchi fuqoro Nishonov Poziljon xonadonidagi mavjud issiqxonasi sektor raxbari va ishchi gurux tomonidan xomiylik asosida plyonka bilan oʻrab berildi.

Fuqorolarni koʻplab eʼtirozlari sababli Oʻrta Mirzaobod koʻchasiga 2 dona beton stolba va 500 metr SIP kabellar tarmoqqa ulandi.

Mirzaobod MFYda yashlovchi Bobobekova Odinaxon 1985 yilda tugʻilgan 2 gurux nogironi tashxis jigar sirroz, dori darmoni uchun yordam soʻradi, yozilgan roʻyxat boʻyicha dori darmonlari berildi.

Mirzaobod MFYdagi kam taʼminlangan, yolgʻiz ayol M.Quziyeva uyini sektor rahbari va xomiylar yordamida qoʻrgʻon devor, bir xona uy va xojatxona qurish ishlari boshlandi.

Pensiyam oz deb murojaat qilgan J.Safarovga pensiya jamgʻarmasidan xodim kelib tushuntirish olib bordi.

Shuningdek, 25 ta xonadonga gaz balon berildi, Oʻrta Mirzaobod koʻchada katta voltli liniyada nosozlik bartaraf etildi. Gaz balonlar almashtirish vaqti oʻtib ketganligidan norozi boʻlgan aholiga gaz balonlar almashtirildi.

Xatlov ishlari davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 8