Янгиликлар

Халқ депутатлари Андижон шаҳар Кенгаши депутатлари иштирокида семинар тренинг бўлиб ўтди.

Аndijon shahrida joylashgan Bogʼishamol mehmonxonasining konferents zalida "Oʼzbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish orqali odam savdosi boʼyicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirish" nomli loyihasi doirasida Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi Аndijon viloyati boʼlimining "Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi-kichik komissiyalarning rolini oshirish" mavzusida deputatlar ishtirokida seminar trening boʼlib oʼtdi.

Seminar trening ishtirokchilari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Slide 1 of 7