Jarayonda viloyat hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov hamda tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov hududdagi mavjud muammolar, xususan, yo‘llar holati va elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar bilan yaqindan tanishdi.
Aholi bilan muloqot davomida bildirilgan murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilash hamda ularning yechimini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Asosiy maqsad — aholi murojaatlarini tinglash bilangina cheklanmay, ularni amaliy yechimga yo‘naltirish va tog‘li hududlarda yashash sharoitlarini yaxshilash.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz