Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLALARDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi Deputatlar faoliyati tahlil qilinib, haftalik ish rejalar belgilab olindi
янв.21
Kengash raisining navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi o‘rganildi
Har bir xonadon – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida: Jalaquduq tumanida muhim farmon ijrosi ta’minlanmoqda

 Aholi bandligini ta’minlash, kichik biznesni jadal rivojlantirish va shu orqali oilalar daromadlarini oshirish, eng asosiysi, kambag‘allikni qisqartirish mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning bosh ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati I.Butabekov biriktirilgan O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-sonli Farmoni ijrosining joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Deputat mahalladagi “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda bevosita kambag‘allik reestriga kiritilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarda bo‘lib, oilalarning turmush tarzi, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvlar chog‘ida Prezidentimizning mazkur Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, ehtiyojmand oilalarni daromadli mehnat bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish yoki kooperatsiya asosida bandligiga erishish yuzasidan yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xonadon egalarining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy
hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlarning har bir manzilga yetib borishi qat’iy nazoratga olindi. Xalq vakillarining bunday bevosita muloqotlari yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, oilaviy farovonlikni ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu boradagi ishlar tumanda davom etmoqda.
 

   

Slide 1 of 2