Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLALARDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi Deputatlar faoliyati tahlil qilinib, haftalik ish rejalar belgilab olindi
янв.21
Kengash raisining navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi o‘rganildi
Mahalladagi ijtimoiy himoya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim D.G‘oynazarova faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada Ijtimoiy reyestrga kiritilgan jami 108 ta oila mavjud. Ularning 29 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 61 tasi kambag‘allik reyestridagi oilalar, 18 tasi esa kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga kirishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, mahallada nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan ishlash holatiga ham e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada nogironligi bo‘lgan 29 nafar fuqaro istiqomat qiladi, ulardan 1 nafari I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanadi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holatini o‘rganish, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, tegishli ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holatini tahlil qilish, qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratish hamda aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni izchil tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4