Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLALARDA “YETTILIK” FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
71-sonli oilaviy poliklinikasining qurilish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi Deputatlar faoliyati tahlil qilinib, haftalik ish rejalar belgilab olindi
янв.21
Kengash raisining navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Xo‘jand ko‘chasidagi 78-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro E.Muydinova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro yashab kelayotgan xonadon homiylik asosida ta’mirlab berilgan. Bu orqali oilaning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida oilaga ko‘rsatilgan ko‘mak turlari bilan tanishilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarning ahamiyati qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6