«Xizmat — beminnat» ijtimoiy loyihasi izchil davom etmoqda.
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Milliy Tiklanish partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova tashabbusi bilan “Alisher Navoiy” mahallasida «Xizmat — beminnat» ijtimoiy loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha dasuturida:
▪️ fuqarolar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar va shikoyatlarni o‘rganish;
▪️ fuqarolarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
▪️ zarur tekshiruvlar va davolanish bo‘yicha yo‘nalishli tavsiyalar berish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, deputat fuqarolar salomatligini muntazam nazoratga olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlarni davom ettirish bo‘yicha ishlarni belgalib oldi.
«Bizning maqsadimiz — mahallamizda birorta ham fuqaro tibbiy yordamdan chetda qolmasligi. Har bir tashrif — inson salomatligi uchun qo‘yilgan yana bir qadam», — dedi Y.Madjidova.
E’tibor — yaqinlikdan, yaqinlik — mehrdan boshlanadi!