A.Navoiy mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulova, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev tomonidan A.Navoiy mahallasi Samarqand ko‘chasida 900 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari bilan tanishildi.
O‘rganish davomida piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan mazkur ishlarning borib borishi ko‘zdan kechirildi. Ushbu yo‘lakchaning barpo etilishi ko‘cha aholisi, xususan, piyodalarning xavfsiz harakatlanishiga xizmat qiladi.