Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Huquqiy ma'lumot
#162_ta_qonun
📢 NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI HAQIDA BILASIZMI?


O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-son “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni nobank kredit tashkilotlari faoliyati va mikromoliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

⚖️ Qonunning 3-moddasi — “Nobank kredit tashkilotlari”
Mazkur moddaga ko‘ra, banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi kredit tashkilotlari nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi.

📌 3-moddada quyidagi tashkilotlar ko‘rsatilgan:
🔹 Mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
🔹 Lombard — jismoniy shaxslarga shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulk garovi asosida qisqa muddatli mikroqarzlar beruvchi yuridik shaxs.
🔹 Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltiruvchi yuridik shaxs.
🔹 Kafolatlar berish tashkiloti — jismoniy va yuridik shaxslarning kredit tashkilotlari oldidagi pul majburiyatlarini bajarishi bo‘yicha kafolat va kafilliklar berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
🔹 Faktoring tashkiloti — pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash, ya’ni faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs.

📖 Xulosa: Qonunning 3-moddasi nobank kredit tashkilotlarining huquqiy maqomi va asosiy turlarini belgilab beradi. Fuqarolar mikroqarz, kredit, garov yoki boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanishda tashkilotning qonunchilikda belgilangan maqomiga va faoliyat yuritish huquqiga e’tibor qaratishlari muhim.

👤 Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1