O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Madamin Kazakov, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Allaberganov hamda “Olmazor” mahallasi raisi hamkorligida hududda navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi.
Soha vakillari xonadonma-xonadon yurib, aholini qiynayotgan maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda infratuzilma holati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, muloqotlar davomida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga oid taklif hamda e’tirozlar tinglandi.
Muloqotlar davomida:
Fuqarolarning murojaatlari joyida o‘rganilib, ularni tezkor hal etish choralari belgilandi;
Tuman darajasida yechim kutayotgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va nazoratga olish ta’minlanmoqda.