Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI

O‘zb. Res. Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi yuzasidan “og‘ir toifadagi” mahallalardan biri bo‘lgan Ravot mfyda tuman Kengashi Kotibiyati mudiri A. Raxmonov, deputatlar Z.Naxanboyev va I.Azimov tomonidan tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Qarorga muvofiq, mahallada aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida 1,2 km uzunlikdagi sug‘orish tarmog‘iga lotoklar o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. O‘rganish davomida mazkur qurilish ishlarini boshlash uchun mavjud sharoit va tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish, qurilish jarayonini o‘z vaqtida boshlash hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1