Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi yuzasidan “og‘ir toifadagi” mahallalardan biri bo‘lgan Tinchlik mfyda tuman Kengashi Kotibiyati mudiri A. Raxmonov, deputatlar Z.Naxanboyev va I.Azimov tomonidan tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda mahalla yettiligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Qarorga muvofiq, mahallada aholini ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida 1 dona artezian qudug‘i qazish hamda 1 dona suv nasosini o‘rnatish ishlari belgilangan. O‘rganish davomida mazkur ishlarning amaldagi holati, bajarilish jarayoni hamda o‘rnatilayotgan uskunalarning belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga ishlarni sifatli amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2