35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
KENGASH ISH REJASI DOIRASIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan deputatlik vakolatlari doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tuman Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi va qulayligi o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida deputat markazning faoliyat yo‘nalishlari, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, murojaatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat xizmatlaridan foydalanishda taqdim etilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
✅ Markaz mutaxassislari tomonidan davlat xizmatlarini raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish, aholining vaqtini tejash va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
✅📊 Kuniga o‘rtacha 250 nafar murojaatchiga xizmat ko‘rsatilmoqda
Ma’lum qilinishicha, Parkent tuman Davlat xizmatlari markazida kuniga o‘rtacha 250 nafar fuqaroga turli davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
✅ Fuqarolar uchun navbat olish tizimi elektron shaklda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, murojaatchilar o‘z navbatini kuzatish va xizmatlardan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatiga ega. Mazkur tizim fuqarolarning vaqtini tejash, ortiqcha kutishlarning oldini olish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonini tartibli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
✅ Ko‘chmas mulk va haydovchilik guvohnomasi bo‘yicha murojaatlar ko‘p
O‘rganish jarayonida fuqarolarning ko‘chmas mulk bilan bog‘liq masalalar hamda haydovchilik guvohnomasini olish yuzasidan murojaatlari salmoqli ekani aniqlandi.
✅ Mazkur yo‘nalishlarda murojaatchilarga zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilayotgani qayd etildi.
✅ Tadbirkorlar uchun ham tezkor xizmatlar
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati “15 daqiqada” tamoyili asosida tashkil etilgani, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘lami esa tobora kengayib borayotgani ma’lum qilindi.
✅ Fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilgan
O‘rganish davomida markazda murojaatchilar uchun zamonaviy talablarga mos kutish zallari, ona va bolalar uchun alohida xonalar hamda xizmatlardan qulay foydalanish imkonini beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratilgani ham ko‘zdan kechirildi.
✅ Elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish — muhim vazifa
O‘rganish yakunida davlat xizmatlarini aholiga yanada tezkor, qulay va sifatli tarzda yetkazish, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda fuqarolarning raqamli xizmatlardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
✅ Xususan, olis va chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlarini tashkil etish, yoshlar va aholi o‘rtasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishni keng targ‘ib qilish, bu borada “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berish zarurligi ta’kidlandi.
⚠️ Aholiga qulaylik yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarning vaqtini tejash — davlat xizmatlari tizimining ustuvor vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 4