Boks zali qurilishi boshlandi — deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov, tuman Kengashi deputatlari J.Mamadaliyev va N.Turdiyev tomonidan Bo‘ston mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabi hududida yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan boks zali qurilishi jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.
Loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan. Qurilish ishlariga mas’ul shaxs tomonidan loyiha belgilangan 62 kun muddatda yakunlanishi ta’kidlandi. Deputat tomonidan loyiha hujjatlari va amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishilib, qurilishning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda mahallada sport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi. Qurilish ishlarining borishi deputatlik nazoratida.