Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI

14.09.2026-yil (dushanba)

Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P. Rahmonov Navbahor mahallasida jinoyatchilik, xususan, kiberjinoyatning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holatini tahlil qildi. O‘rganishda mahalla raisi hamda mahalla yettiligi xodimi J. Mirzayev ishtirok etdi.

Mas’ul: bosh mutaxassis P. Rahmonov.

15.09.2026-yil (seshanba)

Muhabbat MFY raisi M. Masharipov, ijtimoiy xodim Laylo Davletova va deputat Fotima Seydabullayeva ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan N. B. xonadonidagi xizmatlar holatini o‘rgandilar. Oilani kambag‘al oilalar ro‘yxatidan chiqarish, daromadini oshirish va doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mas’ul: bosh mutaxassis A. Komilov.

16.09.2026-yil (chorshanba)

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sh. Ahmedova “Yangi Zamin” mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati samaradorligini o‘rganadi.

Mas’ul: bosh mutaxassis P. Rahmonov.

17.09.2026-yil (payshanba)

Payshanba – “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Shoxrux qatnashdi.

Mas’ul: bosh mutaxassis A. Komilov.

18.09.2026-yil (juma)

Tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert” guruhi kotibi P. Rahmonov mahalla yettiligi xodimi J. Mirzayev bilan birgalikda ijtimoiy xodimning ijtimoiy reyestrdagi oilalarga ko‘rsatayotgan xizmatlari holatini o‘rgandi.

Mas’ul: bosh mutaxassis P. Rahmonov.

19.09.2026-yil (shanba)

Tuman Kengashi deputati “Yangi Zamin” mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rganadi.

Mas’ul: bosh mutaxassis A. Komilov.