35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Amudaryo tumani hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati S.Xo‘jametov va Kengash raisi A.Yuldashevlarning tuman hokimligida fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qarori bilan hudud yo‘llarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda!
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
Hisobot tinglandi
янв.21
Ish rejaga muvofiq, deputatlar faoliyati tahlil qilindi va keyingi haftalik ish rejalar belgilab olindi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Yoshlar manfaatlari va aholi muammolari — doimiy e’tiborda!
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman hududidagi ijtimoiy soha obyektlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasiga so‘rov yuborilgan edi.
Mazkur so‘rovga Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan javob xati taqdim etildi. Unda markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar batafsil bayon etilgan.
Jumladan, poliklinika binolarida 2020–2025-yillarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, tom qismi, deraza va eshiklar, suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda issiqlik ta’minoti tizimlarining holati ko‘rib chiqilgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyatni ta’minlash maqsadida 2 dona isitish uzeli ta’mirlanib, yuqori bosimda yuvilgan va ushbu ishlar uchun poliklinikaning o‘z mablag‘lari hisobidan 7 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Poliklinika elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlangan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda 30 kVt/soat quvvatli quyosh paneli o‘rnatilgan. Ichimlik suvi ta’minoti ham yaxshilangan va zamonaviy hisoblagichlar hamda raqamli billing tizimi joriy etilgan.
Biroq javob xatida kuz-qish mavsumida markazlashgan issiqlik ta’minotida issiq suv bosimi va haroratining pasayishi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi ham qayd etilgan. Mazkur masala yuzasidan hududiy issiqlik ta’minoti korxonasiga bir necha marotaba murojaat qilingani bildirilgan.
Shuningdek, yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan, xodimlar bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda hamda evakuatsiya va yong‘in xavfsizligi vositalari nazoratga olingan.
Deputatlik so‘rovi asosida o‘tkazilgan ushbu o‘rganish natijalari tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1