35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“Yuksalish” mahallasida yangi transformator o‘rnatiladi

Bugun Qumqo‘rg‘on tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov  hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatovlar “Yuksalish” mahallasiga tashrifi davomida aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarildi.

Aholi murojaatlari va mavjud muammolardan kelib chiqib, mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi transformator ajratilishi belgilandi.

Mazkur amaliy chora mahallada elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish, aholiga qulay shart-sharoit yaratish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etishga xizmat qiladi.

Aholi murojaatlari — amaliy yechimlar sari muhim qadam.

Slide 1 of 4