35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

TADBIRKORLIK RIVOJI: O‘RGANISH REJASI ISHLAB CHIQILDI

TADBIRKORLIK RIVOJI: O‘RGANISH REJASI ISHLAB CHIQILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tadbirkorlikni rivojlantirishga oid muhim masala muhokama qilindi.
🔹 “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qarori ijrosining tumandagi holatini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.
📋 Yig‘ilish davomida qaror ijrosini ta’minlash, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔎 Mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘rganish rejasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda amaliy o‘rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.