O‘rganish davomida mahallalarda aholi bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda obodonlashtirish va ijtimoiy muhitni yaxshilash, aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hamkorlikni yanada mustahkamlash va mahallalarda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.