#162_ta_qonun
📢 Deputat aholi bilan yuzma-yuz: “Fidokor” MFYda sayyor qabul
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati hamda “Fidokor” MFY raisi N.Norqulov ishtirokida saylovchilar va mahalla ahli uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
🤝 Muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va mahalla infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha takliflar eshitildi.
📌 Har bir murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olingan holda, ularning yechimi boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Joyida hal etish imkoni boʻlgan masalalar tezkorlik bilan hal etildi.