35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Urazbayev, doimiy komissiya raislari hamda siyosiy partiyalarning tuman Kengashidagi guruh rahbarlari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonunning mazmun-mohiyati
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 2-5-sentabr kunlari)
янв.21
Amudaryodagi markaziy stadion rekonstruksiyasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasi yo‘lida amaliy hamkorlik
MUSTAQILLIK — TARAQQIYOT VA FAROVONLIK POYDEVORI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida yurtimiz bosib o‘tgan ulkan taraqqiyot yo‘li, xalqimiz erishgan yutuqlar va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har birimizda faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Yashnobod tumanida ham keyingi yillarda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, mahallalarda obodonlashtirish ishlari kengayib, ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda, bolalar maydonchalari va sport inshootlari barpo etilmoqda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda. “Tashabbusli byudjet” loyihalari orqali aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar hayotga tatbiq etilib, fuqarolarning o‘z hududini rivojlantirishdagi ishtiroki yanada kuchaymoqda.
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, ijtimoiy ob’yektlar faoliyatini o‘rganish va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu esa davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson manfaati turibdi. Shu bois har bir hududda, har bir mahallada olib borilayotgan ishlar avvalo aholining hayot sifati va turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan. Yashnobod tumani ahli ham ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida birlashib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Mustaqillik — bu biz uchun nafaqat tarixiy ne’mat, balki ulkan mas’uliyat hamdir. Uning qadrini anglab, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilish har birimizning burchimizdir.
Fursatdan foydalanib, Yashnobod tumani ahlini, faxriylarimiz, mehnatkashlarimiz, yoshlarimiz hamda barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, yurtimizga tinchlik va taraqqiyot tilayman.

Slide 1 of 1