35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
MAHALLALARGA AJRATILGAN MABLAG‘LAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan mahallalarga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning o‘z vaqtida tushirilmayotgani yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur masala aholi manfaatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash, hududlarda ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputat tomonidan ushbu masala nazoratga olinib, tegishli tashkilotdan izoh va tushuntirishlar so‘ralgan edi.

Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Yusupov imzosi bilan taqdim etilgan javob xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ–402-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq mablag‘larni taqsimlash tartibi batafsil bayon etilgan.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, har oy yakunlari bo‘yicha soliq organlari tomonidan mahallalar kesimida undirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar G‘aznachilik organlariga taqdim etiladi hamda ushbu ma’lumotlar asosida mahallalarning maxsus hisob raqamlariga tegishli mablag‘lar o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, 2026-yil aprel oyiga qadar fuqarolar tomonidan to‘langan yer va mol-mulk soliqlarining mahallalar hisobida qoladigan 10 foiz qismi bo‘yicha ma’lumotlar mahalliy soliq organlari tomonidan shakllantirib kelingani, keyinchalik esa ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayon markazlashtirilgan elektron platforma orqali amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilindi.

Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan qabul qilingan tartib asosida endilikda mahallalar kesimidagi tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus platforma orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borilmoqda. Mazkur platformadan olingan oyma-oy tushumlar jadvali deputat so‘roviga ilova qilingan holda taqdim etilgan.

Mazkur holat deputatlik nazoratining amaliy natijasi bo‘lib, mahallalar manfaatlariga daxldor masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish, mablag‘larning shaffof va maqsadli taqsimlanishini ta’minlashda deputat so‘rovlarining muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan mahallalar rivoji, aholi manfaatlari va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 1