Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Amudaryo tumanidagi o‘rganishlar davomida partiya ishchi guruhi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayev Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman bo‘limida bo‘ldi.
янв.21
Amudaryo tumani hokimligidagi muloqotdan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda partiya ishchi guruhi a’zolari bilan o‘rganishlari tuman tibbiyot birlashmasida davom etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adolat SDP ishchi guruhi a’zolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari Amudaryo tumanida olib borildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyat mudiri M.Urazbayev ham ishtirok etdi.
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Adolat SDP deputatlari Oila va xotin-qizlar bo‘limida: hamkorlik va ijro nazorati
янв.21
Og‘ir mahallalarda rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi
янв.21
"Mahalla yettiligi" xususan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 22-sonli "Bosuv" saylov okrugi deputati Muratbayeva Saylixon Yendirbayevna tomonidan deputat so'rovi chiqarildi.
янв.21
"Mahalla yettiligi" faoliyati o'rganildi
янв.21
Deputatlar Boyovul mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati M. To‘ychievga biriktirilgan tashkilot — Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Deputat tomonidan biriktirilgan tashkilot faoliyati bilan yaqindan hamkorlik qilinib, hududdagi aholi va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, soliq sohasidagi qonunchilik talablarini fuqarolarga tushuntirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hamkorlik doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mavjud masalalarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tushuntirishlar berib kelinmoqda.

Deputat M. To‘ychiev tomonidan biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1