35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatga qanday murojaat qilish mumkin?

 Har bir fuqaro o‘z deputatiga murojaat qilish huquqiga ega. Bu — qonun bilan kafolatlangan imkoniyat.

📊 Murojaat qilish usullari:
▪️ Deputatning shaxsiy qabuliga borish
▪️ Yozma ariza yoki elektron murojaat yuborish
▪️ Xalq qabulxonalari orqali murojaat qilish
▪️ Uchrashuv va sayyor qabullarda ishtirok etish

📝 Murojaatda nimalar bo‘lishi kerak?
▪️ Muammoni aniq va tushunarli bayon qilish
▪️ Manzil va aloqa ma’lumotlarini ko‘rsatish
▪️ Zarur holda dalil va hujjatlarni ilova qilish

⏳ Muhim:
Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va har biriga javob berilishi shart.
📍 Esda tuting:
Deputat — siz murojaat qila oladigan eng yaqin vakillardan biri!