35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Urazbayev, doimiy komissiya raislari hamda siyosiy partiyalarning tuman Kengashidagi guruh rahbarlari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonunning mazmun-mohiyati
янв.21
#Haftalik_dayjest (2026-yil 2-5-sentabr kunlari)
янв.21
Amudaryodagi markaziy stadion rekonstruksiyasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldi o‘rganish
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasi yo‘lida amaliy hamkorlik
янв.21
Deputat va Madat NNT vakili aholi muammolarini o‘rgandi
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati,Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Xojiboyev Jalol Xotamboyevich o‘ziga biriktirilgan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Parkent tumani bo‘limida deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘RQ-484-son Qonuni ijrosi hamda bo‘lim faoliyatini o‘rgandi.O‘rganish jarayonida bo‘lim mutaxassislari ishtirokida qonun talablarining amaliyotga joriy etilishi, o‘simliklar karantini va fitosanitar nazoratni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.Shuningdek, eksport va import qilinayotgan o‘simlik mahsulotlarini karantin nazoratidan o‘tkazish, hududda fitosanitar monitoring olib borish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.Deputat tomonidan qonun ijrosi yuzasidan mas’ullarga bir qator savollar berildi. Jumladan,qonun talablarining bajarilishi, fitosanitar monitoringning tashkil etilishi,karantin tadbirlarining olib borilishi, qishloq xo‘jaligi ekinlarida aniqlanayotgan zararkunanda va kasalliklarga qarshi ko‘rilayotgan choralar,shuningdek, fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.Bundan tashqari, bo‘limning kadrlar bilan ta’minlanganligi, xodimlarning malakasini oshirish holati, mavjud muammolar va ehtiyojlar hamda qonun ijrosini ta’minlashda yuzaga kelayotgan masalalar
muhokama qilindi.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, fitosanitar nazoratni kuchaytirish hamda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘makni yanada yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.Shuningdek, o‘ziga biriktirilgan tashkilot faoliyatini deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish hamda berilgan tavsiyalar ijrosini nazorat qilish belgilandi.
  

Slide 1 of 3