35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Transport to‘g‘risida”gi Qonun o‘rganildi
янв.21
«Adolat» SDPdan saylangan deputat Qilichboy OFYda yo‘l infrastrukturasi ustidan deputatlik nazoratini olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) Deputatlik nazorati: murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar

 Termiz shahrida deputatlik nazoratini kuchaytirish, deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tizimli o‘rganish hamda aholi murojaatlarida
ko‘tarilayotgan muammolarni manzilli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
 

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat A. Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R. Mamashukurov Termiz shahar Xalq qabulxonasida bo‘lib, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 17-avgustdagi VII-24-72-8-121-K/26-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. 

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoni talablari asosida aholi murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligi hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Murojaatlar — hududdagi real muammolarning ko‘rsatkichi
O‘rganish davomida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning o‘tgan davrida Termiz shahridan Xalq qabulxonalariga 4 037 ta murojaat kelib
tushgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 238 taga yoki 6 foizga ko‘p.
 

Murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasi 46,9 foizni tashkil etgan. 

Jami murojaatlar 2 650 nafar fuqaro tomonidan yo‘llangan bo‘lib, ularning 1 610 nafari xotin-qizlar, 1 040 nafari erkaklar, 658 nafari esa 31
yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir.
 

Tahlillar murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarning asosiy qismini aliment undirish, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, elektr va gaz ta’minoti,
jinoyatchilik va firibgarlik, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish, mehnat munosabatlari hamda uy-joy masalalari tashkil etayotganini
ko‘rsatdi.
 

Mahallalar kesimidagi holat ham o‘rganildi 

Murojaatlar mahallalar kesimida ham tahlil qilinib, eng ko‘p murojaatlar “Bog‘ishamol”, “Guliston” va “Manguzar” mahallalaridan kelib tushgani qayd etildi. 

Bu ko‘rsatkichlar har bir hududda aholi murojaatlarining sabablarini chuqur o‘rganish, muammolarni kelib chiqish bosqichidayoq aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish zarurligini ko‘rsatmoqda. 

Hamkorlik — natijadorlikning muhim omili 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, murojaatlarni muntazam tahlil qilib borish, takroriy murojaatlar sabablarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, VII-24-72-8-121-K/26-sonli qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aniqlangan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda natijalari yuzasidan deputatlik nazorati choralarini ko‘rish belgilab olindi. 

🔎 Asosiy maqsad — raqamlarni qayd etish emas, murojaat ortidagi muammoni hal etish. 

Deputat va biriktirilgan tashkilotning hamkorlikdagi faoliyati aholi murojaatlarini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va
ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilmoqda.
Deputatlik nazorati — murojaatdan yechimgacha bo‘lgan uzluksiz jarayon.