35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Amudaryo tumani hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati S.Xo‘jametov va Kengash raisi A.Yuldashevlarning tuman hokimligida fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Haftalik_dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi qarori bilan hudud yo‘llarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda!
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI NATIJASI: ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI
янв.21
Hisobot tinglandi
янв.21
Ish rejaga muvofiq, deputatlar faoliyati tahlil qilindi va keyingi haftalik ish rejalar belgilab olindi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Yoshlar manfaatlari va aholi muammolari — doimiy e’tiborda!
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida Parkent tumani “Istiqlol” MFY hududidagi 47-son oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi, bemorlarni qabul qilish tizimi, shuningdek,imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish jarayonida oilaviy shifokorlik punkti katta feldsheri I.Abzalov bilan suhbatlashilib, tibbiyot muassasasining mavjud sharoiti, dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyoji hamda aholiga xizmat ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan masalalar o‘rganildi.O‘rganish davomida poliklinika hisobida 194 nafar
nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, aholiga bepul beriladigan 28 turdagi dori vositalarini olish tartibi yuzasidan ma’lumotlar olindi.Ma’lum bo‘lishicha, mazkur dori vositalarini olish
uchun fuqarolar tuman markazidagi markaziy dorixonaga murojaat qilishlari talab etiladi. Ushbu masala yuzasidan deputat tomonidan navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga tegishli taklif kiritish,xususan, bepul dori vositalarini faqat markazdagi dorixona orqali emas, balki aholiga qulay bo‘lgan hududlardagi dorixonalar orqali tarqatish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etilishi belgilandi.Shuningdek, o‘rganish jarayonida oilaviy shifokorlik punkti katta feldsheri I.Abzalov tomonidan deputatga tibbiyot muassasasida qo‘shimcha kompyuter jamlanmalariga ehtiyoj mavjudligi yuzasidan murojaat bildirildi.Mazkur murojaat deputat tomonidan qayd etilib, uni hal etish maqsadida navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida tegishli mas’ulga taklif kiritish belgilandi.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli
tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda fuqarolarning zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha deputatlik nazoratini izchil davom ettirish belgilandi.
  

Slide 1 of 6