35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Qizilcholi mahallasidagi yo‘l muammosi deputat nazoratida
янв.21
Amudaryo tumanida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
Ijro nazorati: Yoshlar masalalari va "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatidan
янв.21
O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi loyihasi
янв.21
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholi muammolarini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Oqoltin tumani hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Egamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan Bo‘ston mahallasidagi 11-sonli umumta’lim maktabining sport zali, mavjud sport jihozlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning asosiy binosida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, sport zali ta’mirlanmaganligi, shuningdek, o‘quvchilarning kiyim almashtirish xonalari ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Bu holat o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlarini munosib sharoitda olib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Maktab ma’muriyati tomonidan sport zalini zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash maqsadida mazkur obyekt “Ochiq budjet” loyihasiga kiritilgani ma’lum qilindi. Loyihaning amalga oshirilishi va sport zali sharoitlarini yaxshilash masalasi tegishli tartibda nazoratga olindi.

Slide 1 of 4